“Nyukasl” Aleksandr Isakning kelajagiga oydinlik kiritdi
FOTO: Getty Images
“Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xou jamoa hujumchisi Aleksandr Isakning kelajagi haqida gapirdi.
“Men jamoa qurmoqchiman va kelasi mavsum uchun eng kuchli tarkibni istayman. Biz eng yaxshi futbolchilarimizni saqlab qolmoqchimiz. Bu nafaqat mening, balki klubdagi barchaning xohishidir”, - deydi Eddi Xou.
Qayd etilishicha, direktorlar kengashi raisi Yosir Al-Rumayyan klub rahbariyatiga Aleksandr Isakni saqlab qolish kerakligini, hatto juda katta taklif tushsa ham ko'nmaslik kerakligini aytgan.
Ma'lumot uchun, Aleksandr Isak joriy mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 100 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist