Nvaneri «Borussiya Dortmund»ga o‘tadi — Romano
Nvanerining o‘zi ham Germaniya klubiga o‘tish variantiga rozilik bergan.
ФОТО: Getty images
«Borussiya Dortmund» «Arsenal»ning yosh iste’dodi Etan Nvanerini ijaraga olish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Tomonlar 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar mo‘ljallangan bir mavsumlik ijara borasida kelishib olgan. Nvanerining o‘zi ham Germaniya klubiga o‘tish variantiga rozilik bergan.
Manbaga ko‘ra, futbolchining maoshi to‘liq «Borussiya Dortmund» tomonidan qoplanadi.
Shu tariqa, 19 yoshli Nvaneri kelasi mavsumni Bundesligada o‘tkazishi va «Borussiya Dortmund» tarkibida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi mumkin.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist