locale OZ

Nurbek Sarsenbaevning diskvalifikatsiya muddati yakunlandi

U Xorvatiyaga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nurbek Sarsenbaevning diskvalifikatsiya muddati yakunlandi
Фото: ЎФА

Maʼlumki, futbolchimiz Osiyo kubogi finalida qizil kartochka olgani sababli uchta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingan edi.

Islombek Ismoilov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, pley-off bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Endilikda Nurbek Sarsenbaev navbatdagi bosqich oʻyinlarida jamoamizga yordam bera oladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi doirasidagi uchrashuvni 15 noyabr kuni soat 20:45 da Xorvatiya U-17 terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting