locale OZ

Nunyes – «Al-Diriya» futbolchisi (Romano)

Nunesning yangi klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ham rejalashtirilgan.
Nunes – “Al-Diriyah” futbolchisi (Romano)
ФОТО: Getty images

“Al-Hilol” hujumchisi Darvin Nunyes “Al-Diriya” klubiga o‘tadi. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, klublar urugvaylik futbolchini 2026/27 yilgi mavsum oxirigacha ijaraga berish bo‘yicha kelishuvga erishgan. “Al-Diriya” Nunyesning maoshini to‘liq o‘z zimmasiga oladi, biroq shartnomada futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi nazarda tutilmagan.

Nunyesning yangi klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi ham rejalashtirilgan.

Avvalroq hujumchining “Trabzonspor”ga o‘tishga yaqin turgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting