locale OZ

Nunez klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nunez klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etmoqchi
Photo: Getty Images

"Liverpul" hujumchisi Darvin Nunez faoliyatini Argentinada davom ettirishi mumkin.

Sky Sports xabariga ko‘ra, 25 yoshli urugvaylik futbolchining agentlari mijozini "River Pleyt"ga taklif qilgan.

Nunez Argentina klubi bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashni istamoqda. Shu orqali hujumchi klublar o‘rtasidagi JCHda to‘p surishni maqsad qilgan.

"River Pleyt" hali bu taklifga javob qaytarmagan. Nunez joriy mavsum mersisaydliklar safida 44 ta o‘yinda 7 ta gol urib, yana shuncha golli uzatma berdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting