Nukusda o’smirlar va yoshlar o’rtasidagi «O’zbekiston kubogi»ning tantanali ochilish marosimi o’tkazildi
Bellashuvlar 15-may sanasiga qadar davom etadi.
Фото: O'zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi
Qoraqalpog’iston Respublikasining Nukus shahrida taekvondo WT bo‘yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasida taekvondo WT bo’yicha “O’zbekiston kubogi” musobaqasining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Tantanali marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Joqorǵi Kengesining Qo‘mita Raisi M.Atamuratov, Vazirlar Kengashining o‘rinbosari B.O‘temuratov, O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasining bosh kotibi M.Mamadaliev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vaziri E.Qutibaev, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining ijrochi direktori Sh.Aytbaev ishtirok etib, sportchilarga omad tilagan holda yaxshi natijalarga erishib borishiga tilak bildirishdi.
Bellashuvlar 15-may sanasiga qadar davom etadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist