locale OZ

Novak Jokovich JCh-2026 gʻolibini taxmin qildi

Bu galgi mundial AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida boʻlib oʻtadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Novak Jokovich JCh-2026 gʻolibini taxmin qildi
FOTO: Getty Images

24 karra Grand Slam chempioni, serbiyalik tennischi Novak Jokovich 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati g‘olibini taxmin qildi.

Sportchiga ko‘ra, yakuniy bahsda Portugaliya va Meksika terma jamoalari maydonga tushadi, biroq chempionlik kubogi Portugaliyaga nasib etadi.

«Men ochig‘ini aytaman: Portugaliya. Ular finalda Meksikani mag‘lub etadi», — deydi Jokovich ESPNga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda 2026 yilgi JCh guruh bosqichi o‘yinlarining peshqadamlari aniqlangan. Portugaliya K guruhiga tushdi va unda O‘zbekiston, Kolumbiya va A yo‘nalishidagi play-off g‘olibi — Yangi Kaledoniya, Yamayka yoki Kongo Demokratik Respublikasi bilan o‘ynaydi.

Meksika esa mezbon sifatida A guruhida joylashdi va u yerda Janubiy Afrika, Janubiy Koreya va D yo‘nalishidagi play-off g‘olibi — Chexiya, Irlandiya, Daniya yoki Shimoliy Makedoniya bilan raqobatlashadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting