«Nottingem Forest» Xatchinson bilan shartnoma imzoladi
Photo: Getty Images
"Nottingem Forest" Omari Xatchinson bilan shartnoma imzoladi.
"O'rmonchilar" "Ipsvich" yarim himoyachisi transferini e'lon qildi.
Qayd etilishicha, tomonlar 5 yillik shartnoma imzolashdi.
The Athletic nashri xabariga ko'ra, kelishuv 37,5 million funtni tashkil qiladi.
O'tgan mavsumda Xatchinson Premyer-ligada 31 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, "Nottingem Forest" yangi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etadi.
Bahrom Bobonov
Redaktor