«Nottingem Forest» Murillo bilan shartnomani uzaytirdi
Yangi kelishuv 2030 yil yozigacha amal qiladi.
ФОТО: Getty images
“Nottingem Forest” klubi Murillo bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. Yangi kelishuv 2030 yil yozigacha amal qiladi.
“Bu klub bilan shartnomamni ikkinchi bor uzaytiryapman. Men juda baxtliman. Bu men, oilam va kareram uchun juda muhim. Bu klubda menga qanchalik ishonishlarini va men qanchalik ahamiyatli ekanimni ko‘rsatadi”, - dedi Murillo.
23 yoshli futbolchi 2023 yil avgustida jamoaga qo‘shilganidan beri uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Yaqinda u “Nottingem Forest” safida 100 ta o‘yin chegarasidan oshdi, joriy mavsumda esa barcha musobaqalarda 39 ta uchrashuvda ishtirok etdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist