locale OZ

«Nottingem Forest» Makatini o‘z safiga qo‘shib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nottingem Forest» Makatini o‘z safiga qo‘shib oldi
Photo: Getty Images

“Nottingem Forest” yarim himoyachi Jeyms Makatini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.

22 yoshli futbolchi “o‘rmonchilar” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Transfer summasi 22,5 million yevroni tashkil etdi.

“Yangi qiyinchiliklarga tayyorman va klub o‘tgan yilgi mavsumni ajoyib o‘tkazdi. Shu sababli, o‘z hissamni qo‘shishni va nimalarga qodirligimni ko‘rsatishni xohlayman. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman va yangi jamoadoshlarim bilan ishlashni intiqlik bilan kutyapman. Bu klubning bir qismi bo‘lishni judayam istayman”, – deya Makatining so‘zlarini keltiradi “Nottingem Forest” rasmiy sayti.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting