locale OZ

«Nottingem Forest» «Kristal Pelas» hujumchisi Matetaga qiziqmoqda — Sky Sports

Avvalroq futbolchiga «Yuventus» va «Aston Villa» ham ogʻiz solgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nottingem Forest» «Kristal Pelas» hujumchisi Matetaga qiziqmoqda — Sky Sports
FOTO: Getty Images

Angliyaning «Nottingem Forest» klubi «Kristal Pelas» hujumchisi Jan-Filipp Matetani o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sports xabar bermoqda.

Avvalroq futbolchiga «Yuventus» va «Aston Villa» klublari ham qiziqish bildirgan edi, biroq londonliklar belgilagan transfer narxi ushbu jamoalarni ortga qaytishga majbur qilgan.

Mateta 2022 yil yanvaridan buyon «Kristal Pelas» safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portaliga ko‘ra, 26 yoshli fransuz hujumchining bozor qiymati 40 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting