«Nottingem Forest» Fratteziga qiziqmoqda
U "Inter"ni tark etish arafasida.
ФОТО: Getty images
"Inter" markaziy yarim himoyachisi Davide Frattezi faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
The Athletic xabariga ko'ra, "o'rmonchilar" so'nggi vaqtlarda 26 yoshli italiyalik bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
"Neradzurrilar"ning pozitsiyasi o'zgarmagan: ular qishda futbolchini 35 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
Shuningdek, futbolchiga “Yuventus” jamoasi ham qiziqish bildirgan. Ammo hozircha aniq taklif yubormagan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist