«Nottingem Forest» Eshpiritu Santuning iste'fosini e'lon qildi
ФОТО: Getty images
Nunu Eshpiritu Santo "Nottingem Forest"ni tark etdi. Klub ijtimoiy tarmoqlar orqali murabbiy bilan xayrlashganini ma'lum qildi.
Portugal mutaxassisi "o'rmonchilar" egasi Evangelos Marinakis bilan janjallashib qolgan edi.
Shu sabab murabbiy iste'foga chiqishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Nunu Eshpiritu Santo 2023 yil dekabrdan buyon "Nottingem Forest" bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan edi.
U boshchiligidagi jamoaning asosiy muvaffaqiyati Angliya Premer-ligasining o'tgan mavsumida yettinchi o'rinni egallash bo'ldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist