locale OZ

«Nottingem Forest» Daychni iste'foga chiqardi

Uning qo‘l ostida jamoa barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta g‘alaba va 5 ta durang qayd etdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Nottingem Forest» Daychni iste'foga chiqardi
ФОТО: Getty images

“Nottingem Forest” klubi Angliya chempionatining 26-turida “Vulverhempton” bilan qayd etilgan durangdan (0:0) so‘ng, Shon Daychni bosh murabbiy lavozimidan ozod etganini e’lon qildi.

“Shon va uning jamoasiga klubdagi faoliyati davomida ko‘rsatgan sa’y-harakatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi ishlarida zafarlar tilaymiz. Hozircha bu borada boshqa hech qanday qo‘shimcha izoh berilmaydi”, — deyiladi klub rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, Shon Daych 2025 yilning oktyabr oyidan buyon “Nottingem Forest” bilan ishlab kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida jamoa barcha turnirlarda 25 ta o‘yin o‘tkazib, 10 ta g‘alaba va 5 ta durang qayd etdi.

Hozirda “Nottingem Forest” 26 turdan so‘ng 27 ochko jamg‘argan holda APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting