«Nottingem Forest» braziliyalik darvozabon bilan shartnoma imzoladi
Фото: Getty Images
"Nottingem Forest" Jon Viktorni sotib olganini e'lon qildi.
"O'rmonchilar" braziliyalik darvozabon bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.
Viktor avvalroq “West Ham” klubi bilan muzokara o'tkazgan. London klubi uning transferi uchun “Botafogo”ga 10 million yevro taklif ham qilgan.
Ammo kiper faoliyatini “Nottingem Forest”da davom ettirishga qaror qilgan.
Jon Viktor 2025 yilda Braziliya oliy ligasida 17 ta o'yin o'tkazib, 11 ta gol o'tkazib yuborgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist