Norvegiyada uchrashuvning eng yaxshi futbolchisiga tovuq tuxumi sovg'a qilindi
FOTO: Bryne FC
Norvegiya elita seriyasi
30.03.2025, Yak.
Bryne
0
Bodoe/Glimt
1
Norvegiya chempionatining 1-turi doirasida “Brin” va “Budo-Glimt” o'zaro to'qnash keldi va yakunda mezbonlar 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
“Brin” darvozaboni Yan de Bur uchrashuvda uchta seyv amalga oshirdi. Shuningdek, kiper 55-daqiqada penaltini qaytardi va yakunda o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Qizig'i shundaki, mukofot sifatida de Burga noodatiy sovrin - 120 ta tovuq tuxumi sovg'a qilindi.
Ma'lumot uchun, Yan de Bur joriy mavsum “Brin” safida jami 12 ta o'yinda maydonga tushib, 23 ta gol o'tkazib yubordi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist