Norvegiya – JCh-2026 1/8 finaliga chiqqan Yevropaning ilk jamoasi
Bungacha Yevropa jamoalaridan Germaniya va Niderlandiya musobaqani tark etgandi.
Foto: Getty Images
Norvegiya terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalida Kot-d'Ivuarni 2:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqaning 1/8 finaliga yo‘l oldi. Shu tariqa skandinaviyaliklar ushbu bosqichga chiqqan Yevropaning ilk vakiliga aylandi.
Bungacha Yevropa jamoalaridan Germaniya va Niderlandiya musobaqani tark etgandi. Germaniya Paragvayga, Niderlandiya esa Marokashga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.
Norvegiyaning navbatdagi raqibi Braziliya bo‘ladi. Jamoalar o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvi 5-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist