locale OZ

Norvegiya Italiyani safarda yirik hisobda mag'lub etdi va JCH-2026 ishtirokchisiga aylandi

Ular guruhni 100 foizlik natija bilan yakunlashdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Norvegiya Italiyani safarda yirik hisobda mag'lub etdi va JCH-2026 ishtirokchisiga aylandi
ФОТО: Getty images

Italiya terma jamoasi JCH-2026 saralashi doirasida o‘z maydonida Norvegiyaga yutqazib qo‘ydi — 1:4.

Mezbonlar safida yagona golli hujumchi Franchesko Esposito mualliflik qilgan bo‘lsa, mehmonlar safida hujumchilar Erling Holand (dubl), Antonio Nusa va Yorgen Strand Larsen o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

Shu tariqa, Norvegiya JCHga yo‘llanma oldi. Italiya esa pley-offda qatnashadi.

JCH-2026 saralashi. Yevropa
I guruhi. 10-tur
Italiya — Norvegiya 1:4
Gollar: Esposito (11) — Nusa (63), Holand (78, 79), Larsen (90+3).

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting