Nodirbek Bobomurodov Qirg‘iziston klubiga o‘tdi
U Afg‘onistonda to‘p surayotgan edi.
Фото: Абдиш Ата
O‘zbekistonlik hujumchi Nodirbek Bobomurodov faoliyatini Qirg‘iziston chempionatida davom ettiradi.
Sports24.uz xabar berishicha, futbolchi “Abdish-Ata” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bungacha u Afg‘oniston chempionatida to‘p surib kelayotgan edi.
Bobomurodov faoliyatining katta qismini Angliyaning quyi liga jamoalarida o‘tkazgan. Keyinchalik Afg‘oniston chempionatiga ko‘chib o‘tgan edi.
“Abdish-Ata” Qirg‘iziston mamlakatining eng nomdor jamoalaridan biri hisoblanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist