locale OZ

Nodirbek Bobomurodov — Angliyada to'p surayotgan ikkinchi o'zbek futbolchisi

U 165 yillik tarixga ega bo'lgan London klubi bilan shartnoma imzoladi
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram

O'zbek futbolida so'nggi kunlarda yana bir quvonchli voqea yuz berdi. Bu galgi qahramon — qanotda harakat qiluvchi hujumchi Nodirbek Bobomurodov bo'ldi.

Britaniya OAV tarqatgan xabarlarga ko'ra, 26 yoshli Bobomurodov Angliya chempionatining ettinchi divizionida harakat qiladigan «Cray Wanderers» jamoasi bilan rasmiy shartnoma imzoladi. Bu klub Londondagi eng qadimiy jamoa sifatida tanilgan va tarixiy ahamiyatga ega.

«Cray Wanderers» — 165 yillik tarixga ega jamoa bo'lib, poytaxt Londonda tashkil etilgan birinchi futbol klubi hisoblanadi. U tashkil topgan sana bo'yicha faqat «Sheffield» klubidan keyingi o'rinni egallaydi. Bu jamoa «Munich-1860» va «Hallam» kabi klublar bilan yoshdosh sanaladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting