locale OZ

Nkunku MYU taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi

Nkunku «RB Leypsig»ga mavsum oxirigacha ijaraga o‘tgan.
Nkunku MYU taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi
ФОТО: Getty images

Fransiyalik hujumchi Kristofer Nkunku yozgi transferlar oynasida «Manchester Yunayted»ning taklifini rad etgani ma’lum bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi Angliya klubidan tashqari «Nyukasl»ning ham qiziqishini qabul qilmagan.

Nkunku Angliyaga qaytish o‘rniga o‘ziga tanish bo‘lgan klub — «RB Leypsig»ga qaytishni ma’qul ko‘rgan. Unda Germaniya klubida o‘zining eng yaxshi davrlarini o‘tkazgan va endi faoliyatini yana shu yerda tiklashga harakat qiladi.

Ma’lumot uchun, Nkunku «RB Leypsig»ga mavsum oxirigacha ijaraga o‘tgan va kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati ham mavjud.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting