Nizomiddin Ziyovutdinov yangi mavsumda Sho'rtan sharafini himoya qiladi
Darvozabon faoliyati davomida OKMK, “Andijon”, “Turon”, “Qo‘qon-1912” va “Aral” jamoalari darvozasini munosib tarzda qo‘riqlagan.
photo: Sho'rtan fk
“Sho‘rtan” futbol klubi tajribali darvozabon Nizomiddin Ziyovutdinovni o‘z safiga qo‘shib oldi.
"Nizomiddin jamoamiz bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
Darvozabon faoliyati davomida OKMK, “Andijon”, “Turon”, “Qo‘qon-1912” va “Aral” jamoalari darvozasini munosib tarzda qo‘riqlagan.
Nizomiddin Ziyovutdinov yangi mavsumda jamoamiz darvozasi dahlsizligini ishonchli himoya qilib, “Sho‘rtan”ning Superligaga qaytish yo‘lidagi maqsadlariga erishishda muhim hissa qo‘shishiga ishonamiz!",-deb yoziladi klub rasmiy sahifasida.
Ibrohim Jalolov
Redaktor