locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Nikola Lazarevich: “Oʻyin oxiridagi vaziyatlarni golga aylantira oldik”

Futbol 22 apr 2025 da 13:13
Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Nikola Lazarevich: “Oʻyin oxiridagi vaziyatlarni golga aylantira oldik”
Photo: QIZILQUM PFK

Oʻzbekiston kubogi 2-turi doirasida “Zamin” – “Qizilqum” (0:3) uchrashuvidan keyin navoiylar ustozi Nikola Lazarevich oʻyin haqidagi fikrlarini bildirib oʻtdi.

- “Zamin” jamoasiga shiddatli oʻyin uchun minnatdorchilik bildiraman va futbolchilarimni gʻalaba bilan tabriklayman. Biz raqibning kubok bahslaridagi “Qoʻqon-1912”ga qarshi ilk uchrashuvini koʻrib, tahlil qilgandik. Ular asosan tezkor qarshi hujumlarga tayanib toʻp tepishadi. Jamoa himoyadan hujumga tez oʻtadi. Birinchi boʻlimda gol urishga qiynaldik. Ikkinchi qirq besh daqiqalikda esa yangi kuchlarni maydonga tashlaganimizdan keyin oʻyin sur'atini oshirdik va ketma-ket gollar urdik. Toʻgʻri, sun'iy maydonda va issiq havoda toʻp tepish oʻyin “temp”iga biroz taʼsir koʻrsatdi. Ammo raqibimiz ham shunday sharoitda maydonga chiqqanini unutmang. Oʻyin oxirida yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalana oldik va yirik gʻalabaga erishdik.

-Bugun Usmonov va Rahmatov singari yosh futbolchilar asosiy tarkibda oʻyinni boshlashdi. Ularning harakatlari haqida nima deya olasiz?

-Ular mavsum boshidan buyon biz bilan birga. Shu bois bugungidek bahslarda ularga ham imkoniyat beramiz. Oʻyindan keyingi barcha futbolchilar singari ularning ham harakatlarini tahlil qilamiz. Keyingi oʻyinlarda nafaqat ularga, balki kam oʻyin zaxirasiga ega boshqa futbolchilarga ham imkoniyat taqdim etib boramiz", - dedi Lazarevich.

Eslatib oʻtamiz, “Qizilqum” guruhda ikki oʻyinda gʻalaba qozonib, keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting