locale OZ

Niko O’Rayli: “Men yarim himoyada o‘ynashni xohlayman”

O‘tgan mavsumda u ko‘plab uchrashuvlarda chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Niko O’Rayli: “Men yarim himoyada o‘ynashni xohlayman”
Foto: Getty Images

“Manchester Siti” futbolchisi Niko O’Rayli jamoada qaysi pozitsiyada o‘ynashni istashi haqida gapirdi. 20 yoshli angliyalik futbolchi asosiy istagi yarim himoyada harakat qilish ekanini aytdi. O‘tgan mavsumda u ko‘plab uchrashuvlarda chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushgan.

“Albatta, men yarim himoyada o‘ynashni xohlayman. Lekin men turli pozitsiyalarga tez moslasha olaman. Chap qanot himoyachisi yoki tayanch yarim himoyachisi sifatida ham o‘ynay olaman”, — dedi O’Rayli Sky Sports Premier League’ga bergan intervyusida.

Futbolchining aytishicha, murabbiy undan istalgan pozitsiyada maydonga tushishga tayyor bo‘lishni so‘ragan. Murabbiy O’Raylining bir nechta pozitsiyada o‘ynay olishini jamoa uchun muhim va noyob fazilat sifatida baholagan.

Ma’lumot uchun, O’Rayli o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 54 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 6 ta golli uzatma qayd etgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting