N’Golo Kante: «Faoliyatimni Fransiyada yakunlashim mumkin»
«Fenerbahche»ning fransiyalik yarimhimoyachisi N’Golo Kante o‘tgan yozda «Parij» (Paris FC) klubiga o‘tishi mumkin bo‘lganini aytdi va faoliyatini o‘z vatanida yakunlash ehtimolini istisno qilmadi.
«Biz o‘tgan yozda «Parij»ga o‘tish borasida muzokaralar olib borgan edik, xuddi boshqa bir qator klublar bilan bo‘lgani kabi. Yakunda kelishuv amalga oshmadi, biroq biz bildirilgan qiziqishni hurmat qilamiz.
Nima uchun faoliyatimni Fransiyada yakunlamasligim kerak? Hammasi bo‘lishi mumkin», — deya Kante.
35 yoshli xavbek joriy yilning fevral oyida «Al Ittihod»dan erkin agent sifatida «Fenerbahche» safiga qo‘shildi. O‘shandan buyon u turk klubi safida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga ulgurdi.
Ma’lumot uchun, Fransiya terma jamoasi tarkibida N’Golo Kante maydonda bo‘lganida, jamoa Jahon chempionatlari va Yevro bahslarining asosiy vaqtida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan.