Neymar yana Messi bilan bir jamoada to'p tepishi mumkin — manba
U faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.
ФОТО: Getty images
"Santos"ning braziliyalik hujumchisi Neymar 2027 yil yanvar oyida "Inter Mayami"ga o'tishi mumkinligi haqida Globo nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Neymar 2027 yilning yanvaridan boshlab "Inter Mayami"da o'ynashi ehtimoli mavjud. Allaqachon Lionel Messi, Kazemiro va Luis Suares safida to'p tepayotgan Amerika klubi "Santos"ning 10-raqamli futbolchisi faoliyatini davom ettirishi uchun eng maqbul variant hisoblanmoqda.
Manbaga ko'ra, aynan "Inter Mayami" Neymar professional faoliyatini yakunlaydigan klub bo'lishi mumkin. U faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda.
Eslatib o'tamiz, Neymar Lionel Messi bilan "Barselona" va "PSJ"da birga to'p tepgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist