locale OZ

Neymar uzoq muddatga safdan chiqdi

Braziliyalik futbolchi 2025 yilda boshqa maydonga tushmaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar uzoq muddatga safdan chiqdi
ФОТО: Getty images

“Santos” klubi hujumchisi Neymar son mushaklaridan olgan jarohati sababli noyabr oyining oxirigacha maydonga tusha olmaydi. Bu haqda L’Équipe nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Neymar taxminan dekabr oyining boshida safga qaytishi kutilmoqda. Bu vaqtga kelib, Braziliya milliy chempionati deyarli yakuniga yetgan bo‘ladi.

Shu tariqa, futbolchi 2025 yil davomida olgan ikkinchi jarohatiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Neymarning bozor qiymatini 11 million yevroga baholagan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting