Neymar: «Messining ko'z yoshlarini ko'rish yuragimni ezdi»
Argentina yetakchisi mag'lubiyatdan so'ng ko'z yoshlarini tiyolmadi.
ФОТО: Getty images
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar Jahon chempionati finalidan keyin Lionel Messining holati haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Jurnalistlar undan Argentina yetakchisining mag'lubiyatdan keyingi ko'z yoshlarini ko'rib nimalar his qilganini so'rashdi.
«Uning yig'layotganini va ko'zlaridagi yoshlarni ko'rish haqiqatan ham yuragimni ezdi. Men doim uning Jahon chempionati kubogini qo'lga kiritishini va faoliyatini shu sovrin bilan yakunlashini istaganman. Uning uchun juda ham afsusdaman», — dedi Neymar.
Eslatib o'tamiz, Neymar va Messi birgalikda "Barselona" hamda "PSJ" sharafini himoya qilgan. Messi esa Argentina terma jamoasi safida 2022 yilgi Jahon chempionatida g'olib chiqqan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist