locale OZ

Neymar koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi
FOTO: Getty Images

Braziliya terma jamoasi va “Santos” klubi hujumchisi Neymar koronavirus infeksiyasini yuqtirib oldi.

“Payshanba kuni kasallik alomati boshlanishi bilan Neymar klub tibbiyot bo'limi tomonidan tekshirilgandan so'ng, COVID-19 infeksiyasi yuqtirib olgani tasdiqlandi.

Futbolchi payshanba kunidan boshlab mashg'ulotlarni to'xtatgan va hozir o'z uyida dam olmoqda hamda shifokor ko'rsatmasi bo'yicha simptomatik davolanmoqda”, - deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, Neymar joriy mavsum barcha turnirlarda 14 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 12 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting