locale OZ

Neymar futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin — manba

Neymarning «Santos» bilan shartnomasi 2026 yilning dekabriga mo‘ljallangan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Neymar futbolchilik faoliyatini yakunlashi mumkin — manba
ФОТО: Getty images

Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng, «Santos» hujumchisi Neymar professional faoliyatini yakunlash haqida qaror qabul qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Braziliyaning UOL nashri.

JCh-2026 1/8 finalida Norvegiyaga qarshi kechgan mag‘lubiyatdan (1:2) so‘ng, Neymar milliy terma jamoadan ketayotganini e’lon qilgandi.

Manbaga ko‘ra, hozirda 34 yoshli braziliyalik futbolchi oilasi bilan ta’tilda bo‘lib, o‘z kelajagi haqida o‘ylab ko‘rmoqchi.

Ta’kidlanishicha, hatto Jahon chempionati boshlanishidan oldin ham, yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, Neymar futbol olamidan charchaganini bildirgan.

Neymarning «Santos» bilan shartnomasi 2026 yilning dekabriga mo‘ljallangan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting