locale OZ

Nevill: Menimcha, buni hech kim kutmagan bo‘lsa kerak

"MYU" sobiq himoyachisi Geri Nevill jamoaning amaldagi murabbiyi Maykl Kerrikning ishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nevill: Menimcha, buni hech kim kutmagan bo‘lsa kerak
Photo: Sky Sport news

"MYU" sobiq himoyachisi Geri Nevill jamoaning amaldagi murabbiyi Maykl Kerrikning ishi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Kerrik ushbu lavozimga 2026 yilning yanvar oyida tayinlangan edi.

"Rojdestvo bayramlari arafasida ko‘rganlarimizdan kelib chiqib aytsam, Maykl jamoani hozirgi darajaga olib chiqqanidan hayratdaman. "Arsenal" va "Siti"ga qarshi o‘yinlardagi daraja aql bovar qilmas darajada bo‘ldi. Men buni umuman kutmagandim. Menimcha, buni hech kim kutmagan bo‘lsa kerak", — deya Nevillning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sky Sports nashri.

"O‘ylaymanki, bu seriya hamma uchun, jumladan, ehtimol Mayklning o‘zi uchun ham shok bo‘ldi. Maykl bu haqda hatto orzu ham qila olmasdi. Hozir sodir bo‘layotgan voqealarga qarab, "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasiga yo‘llanma oladi, deb hisoblayman".

APLning 1 mart kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi o‘yinida "MYU" "Kristal Pelas"dan ustun keldi. Uchrashuv "qizil iblislar"ning 2:1 hisobidagi irodali g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting