locale OZ

\"Neom\" Lyakazettning transferini e'lon qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Neom" Lkazettning transferini e'lon qildi
Photo: Getty Images

"Lion"ning sobiq markaziy hujumchisi Aleksandr Lyakazett "Neom"ga o‘tdi, deb yozadi Fabrizio Romano.

34 yoshli futbolchining fransuz klubi bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan edi, shu sababli u jamoani erkin agent maqomida tark etdi.

Endi Aleksandr joriy mavsumda mamlakat oliy divizioniga ko‘tarilgan Saudiya Arabistonining "Neom" klubi safiga borib qo‘shildi. Hujumchi yangi chempionatda ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur hujjatlarni allaqachon imzolagan.

Yakunlangan mavsum Lyakazett klub miqyosida 42 ta o‘yinda 19 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting