«Neftchi»ning xorvatiyalik yangi legioneri faoliyatiga nazar
Yangi mavsumda xalqaro maydonga qaytayotgan “Neftchi” klubi xorvatiyalik hujumchi Stive Peritsani o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.
Peritsa 1995 yilning 7 iyul sanasida Xorvatiyaning Zadar shahrida tavallud topgan.
U faoliyatini dastlab Xorvatiyaning “Zadar” klubida boshlagan. Futbolchi jamoada ilk mavsumidayoq 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng, 2013 yilning 1 avgust sanasida uni Londondagi “Chelsi” klubi 2,5 million yevroga xarid qilgan.
Keyingi yillarda futbolchi Isroil, Turkiya, Belgiya, Niderlandiya, Angliya, Italiya kabi mamlakatlarning oliy ligasida to‘p tepdi. “Udineze” jamoasidagi faoliyati davomida “Roma”, “Milan”, “Napoli”, “Yuventus” kabi A Seriya grandlari darvozasini ishg‘ol etishga erishgan.
Futbolchi yakunlangan mavsumni Ruminiyaning “Dinamo Buxarest” klubida o‘tkazdi va mavsum davomida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urishga erishdi.