locale OZ

«Neftchi» Turkiya yig'iniga yo'l oldi

Farrux Sayfiyev jamoa yig'iniga kechroq qo'shiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Neftchi» Turkiya yig'iniga yo'l oldi
Фото: Нефтчи ПФК

Yangi mavsum oldidan puxta va tizimli tayyorgarlik ko'rayotgan "Neftchi" futbol klubi o'quv-yig'in mashg'ulotlarining birinchi bosqichini Turkiyada o'tkazadi. Jamoa a'zolari 3-yanvar kuni soat 10:00 da Toshkent–Antalya avia yo'nalishi orqali Turkiyaga yo'l oladi.

Mazkur yig'in davomida futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash, taktik va texnik tayyorgarlikni oshirish, shuningdek, yangi mavsum oldidan jamoaviy o'yinni shakllantirishga alohida e'tibor qaratiladi.

O'quv-yig'in mashg'ulotlariga jalb etilgan jamoa a'zolari bilan tanishtirib o'tamiz:

Bosh murabbiy: Islombeck Ismoilov
Murabbiylar: Yurgen Gede, Antonio Sarioglu, Vitaliy Galat, Fakunda Stik
Seleksioner: Anvar Berdiev
Matbuot kotibi: Saidafzal Abdullayev
Jamoa shifokori: Muhiddin Mirzayev
Fizioterapevt: Javohir Elmuorodov
Uqalovchilar: Ulug'bek Hamdamov, Sanjar Saidov
Ma'murlar: Aybek Aliev, Abduvali Yo'ldashev
Analitik GPS: Xushnud Bahromov
Tarjimon: Nurullo Subhonov

Darvozabonlar:
Akbar To'raev, Botirali Ergashov, Ibrohim Shokirov

Himoyachilar:
Muhsin Ubaydullaev, Anvar G'ofurov, Izzatillo Po'latov, Ibrohimxalil Yo'ldoshev, Muhammadqodir Rasuljonov, Mo'minxon Bahodirkhonov, Nurmuhammad Abduganiyev.

Yarim himoyachilar:
Abror Ismoilov, Ikrom Aliboyev, Jamshid Iskanderov, Alisher Odilov, Xurshid G'iyosov, Farhod Sohibjonov, Daler Tuhsanov, Azizbek Erimbetov

Hujumchilar:
Nurbek Sarsenbayev, Azizbek Muratov

Shuningdek, legioner futbolchilar Boyan Tsiger, Yovan Jokich, Vladimir Yovovich va Zoran Marushich Belgrad–Antalya yo'nalishi orqali, Jurani Ferreyra (Ratinho) Goias–Antalya yo'nalishi orqali, Silvanus Nimeli esa Liberiyadan jamoa qarorgohiga yetib keladi. Jamoaning tajribali himoyachisi Farrux Sayfiyev ma'lum sabablarga ko'ra yig'inga 7-yanvardan qo'shiladi.

Jamoaning yana ikki futbolchisi — Asilbek Jumayev va Rustambek Fomin ayni paytda O'zbekiston U-23 terma jamoasi bilan BAAdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda. Ularni yanvar oyida Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi uchrashuvlari kutib turgani bois, mazkur musobaqa yakunlanganidan so'ng jamoamiz safiga qo'shilishlari rejalashtirilgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting