locale OZ

«Neftchi» sardori Anvar G‘ofurov safdan chiqdi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Neftchi» sardori Anvar G‘ofurov safdan chiqdi
Фото: Нефтчи

"Neftchi" himoyachisi va sardori Anvar G‘ofurov jarohati sababli safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

"Jamoamiz O‘zbekiston Superligasining 16-turida Navoiyning "Qizilqum" jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng futbolchimiz Anvar G‘ofurov bel sohasida og‘riq his qilgani sababli almashtirildi.

Bellashuvdan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar natijasida futbolchining bel sohasidagi avvalgi jarohati qaytalangani aniqlandi.

Ayni vaqtda Anvar G‘ofurov neyroxirurglar tavsiyasi va nazorati ostida konservativ usulda davolanish hamda reabilitatsiya jarayonini o‘tamoqda. Umurtqa bilan bog‘liq jarohatlarda reabilitatsiya va sportga qaytish jarayoni mutaxassis nazorati ostida bosqichma-bosqich olib boriladi.

Dastlabki reja bo‘yicha futbolchimiz taxminan 10 kun davomida davolanadi. Keyingi holati tibbiy ko‘riklar asosida baholanib, shundan so‘ng jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytishi belgilanadi.

Anvarga tezroq sog‘ayib, safimizga qaytishini tilaymiz!"
, — deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting