«Neftchi» Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi
«Neftchi» navbatdagi o‘yinni 12 oktyabr kuni safarda «Al-Nasr» klubiga qarshi o‘tkazadi.
Фото: Нефтчи ПФК
Elit Osiyo Chempionlar Ligasida asosiy bosqich o‘yinlari boshlandi.
O‘zbekiston chempioni «Neftchi» o‘z maydonida Iroqning «Al-Quvva Al-Javiya» klubini qabul qildi. 3-daqiqada ivuarlik Koffi Kouao to‘pni chap qanotdan jarima maydoniga yetkazganida serbiyalik Zoran Marushich boshi bilan aniq zarba yo‘lladi.
«Neftchi» navbatdagi o‘yinni 12 oktyabr kuni safarda Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubiga qarshi o‘tkazadi.
«Neftchi» (O‘zbekiston) - «Al-Quvva Al-Javiya» (Iroq) 1:0
Gol: Zoran Marushich (83)