locale OZ

«Neftchi» Ibrohimxalil Yo‘ldoshev bilan ikki yillik shartnoma imzoladi

Futbolchi ham Farg‘onada qoldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Neftchi" Ibrohimxalil Yo‘ldoshev bilan ikki yillik shartnoma imzoladi
Фото: Нефтчи ПФК

Joriy mavsumda "Neftchi" tarkibida himoyachi ampluasida to‘p surib, nafaqat mudofaa, balki hujum chizig‘ini kuchaytirishda ham o‘rnak ko‘rsatib kelgan, ushbu faolligini O‘zbekiston Milliy terma jamoasi safida ham mazmunli o‘yin namoyish eta olgan mahoratli futbolchi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev yangi mavsumni ham "Neftchi" safida davom ettirishga qaror qildi. Klub va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma yana ikki yilga uzaytirildi.

"Ibrohimxalil o‘tgan mavsumda jamoaning asosiy tarkib futbolchilaridan biri sifatida Superliga bahslarida muntazam maydonga tushib, himoyadagi ishonchli harakatlari bilan bir qatorda, hujumlarda ham faol ishtirok etdi. Uning tezkorligi, universalligi va o‘yin intizomi jamoamiz o‘yin tizimida muhim rol o‘ynadi.

Uning har bir uchrashuvdagi fidoyiligi va jangovar ruhi jamoamizga nafaqat natija, balki barqarorlik ham olib keldi. Ishonamizki, Ibrohim Halil Yo‘ldoshev yangi mavsumda ham jamoamizning chempionlik bayrog‘ini baland ko‘tarib, xalqaro maydonlarda "Neftchi" nomining yanada keng tarqalishiga munosib hissa qo‘shadi", deyiladi klub matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting