Neftchi: Chempionlik majburiyat - Osiyo elit ligasi maqsad
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahri Qirguli mavzesida joylashgan “Neftchi” futbol klubi qarorgohida yangi mavsum oldidan jamoa a’zolari va murabbiylar bilan uchrashdi.
photo: Neftchi FK
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg‘ona shahri Qirguli mavzesida joylashgan “Neftchi” futbol klubi qarorgohida yangi mavsum oldidan jamoa a’zolari va murabbiylar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda jamoaga yangi mavsumda omad va muvaffaqiyat tiladi. Ikki oylik mavsumga tayyorgarlik jarayonlari ham ko‘tarinki ruhda o‘tganini ta’kidlab, trenerlar va o‘yinchilarga minnatdorchilik bildirdi.
Bu yilgi yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi noan’anaviy tarzda o‘tgani, ayniqsa, muborak Ramazon oyida insonlarga ezgulik va mehr ulashib, ularning quvonchiga sherik bo‘lganlari chinakam chempionlarga xos xayrli amal ekani ta’kidlandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor