locale OZ

«Neftchi» Asadbek Beglarxonovni o‘z safiga qo‘shib oladi

Shundan so‘ng u “Kattaqo‘rg‘on” klubi safida harakat qildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Neftchi» Asadbek Beglarxonovni o‘z safiga qo‘shib oladi
ФОТО: Getty images

Qirg‘izistonning “Neftchi” klubi 22 yoshli o‘zbekistonlik yarim himoyachi Asadbek Beglarxonov bilan shartnoma imzolash arafasida.

Sports24.uz xabar berishicha, Beglarxonov faoliyatining asosiy qismini O‘zbekiston Pro-ligasida o‘tkazgan. O‘tgan mavsumda esa Ruminiyaning ikkinchi divizionida to‘p surdi.

Shundan so‘ng u “Kattaqo‘rg‘on” klubi safida harakat qildi. Shuningdek, futbolchi O‘zbekiston U-20 terma jamoasida ham to‘p surish tajribasiga ega.

“Neftchi” rahbariyati Beglarxonovni katta salohiyatga ega yosh futbolchi sifatida baholamoqda. Klubda u Qirg‘iziston Premyer-ligasi darajasida o‘z o‘rnini mustahkamlashga harakat qiladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting