«Neftchi» Antaliyadagi yig‘inga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Superligasidagi tanaffusdan foydalanayotgan “Neftchi” jamoasi Turkiyaning Antaliya shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazadi.
Klub matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, jamoa delegatsiyasi bugun Toshkent xalqaro aeroportidan Antaliyaga yo‘l oldi. Yig‘in 24 iyungacha davom etadi.
Bosh murabbiy Islom Bek Ismoilov boshchiligidagi jamoa mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik doirasida jismoniy holatni yaxshilash, taktik ishlanmalarni takomillashtirish hamda nazorat o‘yinlari o‘tkazishni rejalashtirgan.
Antaliyaga jo‘nab ketgan futbolchilar orasida Akbar To‘rayev, Abdulmumin Nurmuhammadov, Anvarjon G‘ofurov, Muhsinjon Ubaydullaev, Ibrohim-Halil Yo‘ldoshev, Izzatillo Po‘latov, Ikrom Aliboyev, Mo‘minxon Bahodirxonov, Abrorbek Ismoilov, Alisher Odilov, Xurshid G‘iyosov, Asilbek Jumaev, Rustambek Fomin, Daler Tuxsanov va Azizbek Erimbetov bor.
Shuningdek, legioner futbolchilar va xorijlik murabbiylar yig‘inga keyingi bosqichlarda qo‘shiladi. Ular orasida Boyan Tsiger, Vladimir Yovovich, Yovan Jokich, Ratinho, Zoran Marushich va Stipe Peritsa kabi futbolchilar bor.
Eslatib o‘tamiz, “Neftchi” mavsumning ikkinchi qismiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yig‘in davomida bir nechta nazorat bahslarida ham maydonga tushadi.