locale OZ

«Neftchi» afsonasi vafot etdi

Do‘rmonov faoliyati davomida "Surxon", "Paxtakor" kabi klublar sharafini himoya qilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Neftchi» afsonasi vafot etdi
Фото: Нефтчи ПФК

“Neftchi” futbol klubida uzoq yillar davomida samarali faoliyat olib borgan, besh karra O‘zbekiston chempioni bo‘lgan, Yaponiyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida chempionlikni qo‘lga kiritgan, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, tajribali futbolchi va murabbiy Abdusamat Do‘rmanov vafot etdi.

Abdusamat Do‘rmanov o‘z faoliyati davomida “Neftchi” jamoasining muvaffaqiyatlariga katta hissa qo‘shgan, muxlislar qalbidan chuqur joy olgan va futbolimiz rivojiga munosib xizmat qilgan fidoyi inson edi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, u murabbiy sifatida ham jamoaga xizmat qilib, o‘z tajribasini yosh avlodga ulashdi.

“Neftchi” futbol klubi uning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi" - deyiladi fargonaliklarning rasmiy sahifasida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting