Nazorat uchrashuvi. Sho‘rtan 1:0 Lokomotiv U21
Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inimiz reja asosida davom etadi.
photo: Sho'rtan fk
Nazorat uchrashuvi. “Sho‘rtan” 1:0 “Lokomotiv U21”
Proliga yangi mavsumiga tayyorgarlik doirasida jamoamiz Toshkent shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda. Yig‘in doirasida bugun jamoamiz poytaxt vakili — “Lokomotiv U21” jamoasiga qarshi sinov nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Bellashuvda g‘uzorliklar minimal — 1:0 hisobida g‘alabaga erishishdi. Uchrashuvdagi yagona golga Diyorbek Asomiddinov mualliflik qildi.
Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inimiz reja asosida davom etadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor