locale OZ

Nazorat o‘yini. «Dinamo» «Bunyodkor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Azizbek Amonov dublga erishdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Nazorat o‘yini. «Dinamo» «Bunyodkor»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Бунёдкор ПФК

Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan holda, “Dinamo” jamoasi bugun Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi maydonga tushdi.

“Bunyodkor” futbol akademiyasi maydonida o‘tgan bahsda Vadim Abramov shogirdlari Ilyos Zeytullaev murabbiyligidagi “qaldirg‘ochlar”dan ustun keldi. Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda vakillarimiz hujumkor o‘yin namoyish etib, hisobni ochdi.

50-daqiqada Jaloliddin Jumaboyev uzoq masofadan yo‘llagan goli bilan hisobni ochgan bo‘lsa, 67-daqiqada Nurullo To‘xtasinovning uzatmasidan so‘ng Azizbek Amonov ikkinchi golga mualliflik qildi. 80-daqiqada esa Anvarjon Hojimirzayevning pasidan keyin Azizbek Amonov navbatdagi chiroyli goli bilan dublga erishdi – 3:0.

Shu tariqa, “Dinamo” Toshkentdagi o‘rtoqlik o‘yinida mezbon jamoa ustidan yirik hisobda g‘alabaga erishdi.

Nazorat o‘yini. Toshkent
26 mart (payshanba)
“Bunyodkor” - “Dinamo” - 0:3
Gollar: Jaloliddin Jumaboyev 50, Azizbek Amonov 67, 80.

Ma’lumot uchun, “Dinamo” Superliga 5-turida 3 aprel kuni “Xorazm” mehmoni bo‘ladi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting