Nazorat o'yini. «Bunyodkor» Qirg'iziston klubi bilan durang o'ynadi
Photo: Bunyodkor PFK
Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlikni davom ettirayotgan “Bunyodkor” klubi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Qirg'iz Respublikasidan tashrif buyurgan “Abdish-Ata” jamoasiga qarshi maydonga chiqqan “qaldirg'ochlar” iroda ko'rsatib g'alabani qo'ldan chiqardi. Hisobni mehmonlar ochdi, Temurxo'ja Abduxoliqov esa jamoamizning ilk goliga mualliflik qildi. Ajoyib kombinatsiyadan so'ng Ollobergan Karimov raqibni ikkinchi marta maydon markaziga chorladi.
Nazorat uchrashuvi
“Abdish Ata” (Qirg'iz Respublikasi) 2:2 “Bunyodkor”
Bosh hakam: Ma'mur Ilhomov.
Gollar: Temurxo'ja Abduxoliqov, Ollobergan Karimov.
Bahrom Bobonov
Redaktor