Navro‘zbek Iminjonov: Jamoa g‘alabasiga hissa qo‘sha olganimdan mamnunman
PRO-Liga 3-turi doirasida jamoamiz Bekobodda TerDUni mehmon qildi.
Ilhom Mo‘minjonov shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ta’kidlash lozim, Metallurg hujumchisi Navro‘z Iminjonov dubl rasmiylashtirdi.
O‘yindan keyin bekobodliklar futbolchisi qisqa intervyu berdi.
“A’lo darajada o‘yin o‘tkazdik. Dublga erishib, jamoam g‘alabasiga hissa qo‘sha olganimdan mamnunman. Asosiysi muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Ular bizni mana shunday qo‘llab-quvvatlashda davom etishsa, har bir bahsda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz.
Jamoaga moslashish jarayoni? Akalarimiz, do‘stlarimiz bilan anchadan buyon to‘p tepib kelamiz. Shu sababli bu unchalik qiyinchilik tug‘dirmadi. Maydonda bir-birimizni o‘zaro tushunib, to‘ldirib harakat qilyapmiz.
Keyingi turda BuxDU jamoasi bilan o‘ynaymiz. Ushbu o‘yinga ham astoydil tayyorgarlik ko‘ramiz. Bu o‘yinda ham 3 ochko bizniki bo‘ladi degan umiddaman”,-dedi futbolchi.