Navoiyda mini-futbol bo‘yicha “NKMK Bosh direktori kubogi” turniri o‘tkazilmoqda
PHOTO: Telegram
Navoiy shahridagi “So‘g‘diyona” o‘yingohida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ bo‘linmalari yosh ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “NKMK Bosh direktori kubogi” turniri boʻlib oʻtadi.
Shu munosabat bilan “Farhod” madaniyat saroyida qur’a tashlash marosimi hamda “So‘g‘diyona” o‘yingohida tantali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tantanali ochilish marosimida NKMK xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi I.Rahmatov, “NKMK” AJ bosh direktorining xodimlar va ma‘muriy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Q.Taparov, NKMK Yoshlar yetakchilari Kengashi raisi S.Radjabovlar ishtirok etishdi.
Turnir tantali ochilish marosimdan keyin 1-tur o‘yinlariga start berildi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor