locale OZ

«Navbahor»ning Turkiyadagi raqiblari ma'lum

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Navbahor»ning Turkiyadagi raqiblari ma'lum
Фото: Навбаҳор ПФК

Hozirda Turkiyada o'quv-mashg'ulot yig'inida bo'lib turgan jamoamizning mazkur yig'in doirasidagi raqiblari ma'lum bo'ldi.

Timur Kapadze shogirdlari ertaga Ozarbayjonning “Zira” (Zira) hamda 2 iyul kuni Turkiyaning “Bashakshehir” (Istanbul) jamoalariga qarshi maydonga tushishadi.

Ma'lumot uchun, “Zira” 3 karra Ozarbayjon vitse-chempioni bo'lib, shu jumladan, o'tgan mavsumda ham kumush medallarni qo'lga kiritgan.

Hamyurtlarimiz Abbosbek Fayzullayev va Eldor Shomurodov to'p suradigan “Bashakshehir” esa bir marta Turkiya chempionligini (2020-yil), ikki marta vitse-chempionligini qo'lga kiritgan.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting