«Navbahor» yosh braziliyalik futbolchini jamoaga qo‘shishi mumkin
Namangan klubi 21 yoshli Dudu Khatamoto bilan muzokaralar olib bormoqda
Rasm: upl.uz
O‘zbekiston klublari tarkibni kuchaytirish maqsadida yangi futbolchilarni jalb etishni davom ettirmoqda. Namanganning «Navbahor» jamoasi iqtidorli braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, klub 21 yoshli Dudu Khatamoto vakillari bilan aloqa qilgan. U so‘nggi mavsumda Bolgariyaning «CSKA 1948» jamoasida to‘p surgan.
Khatamotoning bozor bahosi 500 ming yevroga teng, biroq hozirda u erkin agent bo‘lgani uchun «Navbahor» uni erkin tarzda qo‘shib olishi mumkin.
Bakradze Iman
Redaktor