\"Navbahor\" Tursunovni Qirg‘iziston klubiga ijaraga berdi
Photo: Navbakhor PFK
"Navbahor" klubi ikkinchi davra oldidan o‘z futbolchisini ijaraga berdi.
Klub matbuot xizmati xabar berishicha, "lochinar" yarim himoyachi Jahongir Tursunovni ijaraga berdi.
Endilikda u "Neftchi" (Qo‘chqor ota, Qirg‘iz Respublikasi) jamoasida to‘p suradi.
23 yoshli futbolchi 1-davrani "lochinar"ning o‘rinbosarlar tarkibida 3 ta uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston kubogining bir bahsida maydonga tushib, bir bor assist yozdirib qo‘ydi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist