locale OZ

Navbahor navbatdagi o‘rtoqlik bahsida alamli mag‘lubiyatga uchradi

Lochinlar Rossiyaning “Baltika” (Baltika) va Qozog‘istonning “Aktobe” (Aktobe) jamoalariga qarshi o‘tkazishni rejalashtirgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Navbahor navbatdagi o‘rtoqlik bahsida alamli mag‘lubiyatga uchradi
photo: Navbahor FK

Navbatdagi o‘rtoqlik bahsida alamli mag‘lubiyat
Ma’lumot berganimizdek, “Navbahor” Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasidagi navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik bahslarini bugun Rossiyaning “Baltika” (Baltika) va Qozog‘istonning “Aktobe” (Aktobe) jamoalariga qarshi o‘tkazishni rejalashtirgandi.
Ta’kidlaganimizdek, rossiyaliklar bilan bo‘ladigan uchrashuv noqulay ob-havo hamda maydon sifatsiz holatga kelganligi bois, qoldirildi.
Qozog‘istonliklarga qarshi kechadigan bellashuv esa o‘tkazildi. Mazkur o‘yinda jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze maydonga quyidagi futbolchilarni tushirdi: O‘tkir Yusupov, Anri Chichinadze, Umar Adhamzoda, Quvondiq Ro‘ziyev, Shohmalik Komilov, Shohruh Abdurahmonov, Abbosjon G‘ulomov, Vanya Ilich, Ruslanbek Jiyanov va ko‘rikdagi yana 2 nafar futbolchi.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Muhammadali Usmonov, Zafarbek Rahimjonov hamda ko‘rikdagi futbolchi.
Ushbu uchrashuvda “Aktobe” bellashuvning so‘nggi, ya’ni, 90-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan yarim himoyachi Ayan Baydeulatovning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
“Lochinlar” Turkiya yig‘ini doirasidagi so‘nggi o‘yinni 16 fevral kuni Gruziyaning sovrindor jamoalaridan biri bo‘lgan “Dinamo” (Tbilisi)ga qarshi o‘tkazishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting